"Mirabror Usmonov kubogi". Bugun O‘zbekiston futzal termasi finalda Gvatemala bilan o‘ynaydi

  • 24 iyul, 2024, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Bugun hammaning diqqat-e’tibori Ispaniya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi Olimpiadaning ilk uchrashuviga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Tecno

Soat 18:00 da start oladigan mazkur bahs kechadan buyon internetning o‘zbek segmentida eng ko‘p muxokama atrofidagi mavzu bo‘lib turibdi. 

Biroq, bu o‘yindan keyin ham futbol ishqibozlari tomosha qilishiga arziydigan yana bir bellashuv bo‘lib o‘tadi. Soat 20:00 da Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida “Mirabror Usmonov” kubogi final o‘yini o‘tkazilishi belgilangan. Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasiga Gvatemala raqiblik qiladi. Qiziqarli jihati shuki, bu terma jamoalar deyarli ikki hafta ichida naqd to‘rtinchi marotaba to‘qnash keladi. 11-iyul kuni dastlabki bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, ertasi kuni o‘yin 2:3 natijasi bilan gvatemalalik futzalchilar foydasiga hal bo‘lgandi. Uchinchi o‘yin mazkur turnirning ilk turi doirasida o‘tkazilgan va hamyurtlarimiz qiyinchilik bilan 5:4 ko‘rinishida ustun kelgan edi.

Muhlislarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Mirabror Usmonov” kubogi final o‘yini oldidan mazkur arenada O‘zbekiston- Ispaniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik katta ekranlarda namoyish etiladi.  Barcha futbol ishqibozlarini mazkur o‘yinlarni bevosita arenaning o‘zidan tomosha qilishga taklif etib qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!