Milosh Kerkez rasman "Liverpul" futbolchisiga aylandi!

  • 16 iyun, 13:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bornmut" himoyachisi Milosh Kerkez "Liverpul" klubiga o‘tdi. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishilgan va 21 yoshli qanot himoyachi Kerkez mersesaydliklar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Shuningdek, u "Liverpul" safiga o‘tish uchun boshqa uch klubdan tushgan takliflarni rad etgan, deb qo‘shimcha qilinmoqda

O‘tgan mavsumda Milosh Angliya Premer-ligasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 6 assist qayd etdi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!