"Milliy" stadioni yana "Bunyodkor" deb ataladimi?

  • 14 avgust, 2019, 18:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Biroz avval "Bunyodkor" klubi rasmiy saytida «Bunyodkor» «Bunyodkor»ga qaytmoqda! deya nomlangan xabar chop etildi. Unda klub yana uy o‘yinlarini "Bunyodkor" stadionda o‘tkazashi, O‘FA birinchi vitse-prezidenti arenasiga tashrif buyurgani borasida so‘z borgan.

2019-08-14_17-57-50 kopiya

Ko‘pchilikka ma’lumki, yurtimizdagi ushbu muhtasham arena "Milliy" stadion deb nomlanayotgandi. Bunga ham ancha vaqt bo‘lib qoldi, klub matbuot kotibi adashib ketgan bo‘lishi mumkinligi uchun.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq ayrim manbalarda ushbu arena "Milliy" nomini olgan bo‘lsa-da, hujjatlarda hali ham "Bunyodkor" deb atalayotgani borasida xabarlar tarqalgandi. O‘z navbatida mutasaddilar mana shu holatga ham aniqlik kiritib o‘tishsa ayni muddao bo‘lardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!