Millatlar ligasi. 3-o‘rin sohibi ma’lum

  • 10 oktabr, 2021, 19:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasi doirasida Italiya - Belgiya ishtirokida 3-o‘rin uchun bahs yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda amaldagi Evropa chempionlari 2:0 hisobida zafar quchdi. 

O‘yinning 47-daqiqasida Barella gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Berardi penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 87-daqiqada de Ketelare hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shunday qilib, italiyaliklar Millatlar ligasi bronza medali sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya - Frantsiya o‘rtasidagi final o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!