
"Milan"ning yangi bosh murabbiyi aniq
"Milan"ning keyingi bosh murabbiyi ma’lum. Klub portugaliyalik mutaxassis Paulu Fonsekani olib kelishga qaror qildi.
"Sky Sports" nashri xabar berishicha, "Lill" ustozining Frantsiya jamoasi bilan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi. U yangi bitim imzolashni istamayapti va milanliklarning taklifini qabul qilishga tayyor. Shu bilan birga, Italiyada ishlash uchun "Marsel"ga rad javobini bergan. Tomonlar muzokaralarni boshladi. "Milan" murabbiy bilan 3 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
"Lill" bu mavsum Frantsiya chempionatida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa undan mamnun edi, lekin mutaxassis top klubga o‘tishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Fonseka bundan oldin "Roma" va "Shaxtyor" klublarini boshqargan.
Fikrlar