
"Milan"ning sobiq futbolchisi prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lib iste’foga chiqdi
Italiyaning "Milan" klubi va Liberiya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Jorj Vea prezidentlikdan iste’foga chiqdi. U 2017 yilda o‘z mamlakati ya’ni Liberiya prezidenti etib saylangan edi. 2024 yilgi saylovlarda esa, mag‘lub bo‘lib, iste’foga chiqdi.
"Biz juda ko‘p yaxshilik qildik. Men futbolda ko‘p yillardan so‘ng o‘z mamlakatimga nimadir qaytarish kerakligini his qildim.
Siyosatga kirishimning asl sababi tinchlik edi. Afrikada, agar biz nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, xalqlar o‘rtasidagi tinchlikni ta’minlashimiz kerak", - dedi "Milan"ning sobiq forvardi.
Fikrlar