
"Milan"niing sobiq futbolchisi Gretsiya chempionatiga yo‘l oldi
"Chelsi" va "Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Temue Bakayoko Gretsiya chempionatining grand klublaridan biri PAOK safiga o‘tdi.
30 yoshli frantsuz bu jamoada Fyodor Chalov va Magomed Ozdoev singari rossiyalik futbolchilar bilan birgalikda to‘p tepadi. Futbolchining yunon klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga uzaytirilish imkoniyati bilan bir yil muddatga imzolandi.
Bakayoko faoliyati davomida "Monako", "Chelsi", "Milan" va "Napoli" klublarida to‘p surgan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumni Frantsiya chempionatida "Loryan" safida o‘tkazdi va jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar