
"Milan"ga qarshi uchrashuv oldidan Shomurodovning onasi eslandi
Bugun Italiya A Seriyasi 36-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Ushbu turda Sardiniyaning "Kalyari" jamoasi safarda "Milan" bilan bahs olib boradi.
"Qizil-ko‘klar" matbuot xizmati ushbu bellashuv qaydnomasini o‘zgacha uslubda e’lon qildi. Shomurodov ro‘yxatda bor. Futbolchilarning familiyalariga ismi qo‘shilish o‘rniga onasining ismi qo‘shilgan. 12 may Xalqaro onalar kuni munoasabati bilan ertangi o‘yinda jamoalar maxsus liboslarda maydonga tushishadi. Ya’ni, futbolchi orqasiga odatdagi familiyalar o‘rniga onalarining familiyasi yoki ismi yoziladi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" - "Kalyari" bahsi bugun tungi soat 23:45da start oladi.
Fikrlar