Milandan gapiramiz! Ibragimovich uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin
"Milan" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich jamoa mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2 tomonlama o‘yin paytida son mushaklarini shikastlab olgan.
Endi Zlatan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shifokorlar uning jarohati jiddiy bo‘lishi va u uzoq muddatga safdan chiqishi mumkinligidan xavotir olishmoqda.



Fikrlar