"Milan" Xorvatiya terma jamoasi forvardini sotib olmoqchi

  • 12 avgust, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Ante Rebich faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, “rossonerilar” “Atletiko” forvardi Anxel Korreani sotib olisholmagach bor e’tiborlarini aynan xorvatiyalik futbolchiga qaratishgan. Nemis klubi esa uni 40 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Milanning boshqa bir klubi “Inter” ham Rebich bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Anter Rebich o‘tgan mavsum Bundesligada jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!