
"Milan" "Valensiya" yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Milan" "Valensiya" yarim himoyachisi Yunus Musani o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. "Milan" amerikalik yarim himoyachi Musa uchun 17 million evro va bonuslar taklif qildi.
AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi "Milan"ning ushbu transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 33 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar