
"Milan" Tonali o‘rniga 2 ta nomzod topib qo‘ydi
"Milan" rahbariyati yarim himoyachi Sandro Tonali ketganidan keyin uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Goal nashri xabariga ko‘ra, “rossonerilar”ning bu boradagi e’tibori PSV yarim himoyachisi Ibrohim Sangarega tushgan. Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosi "Nyukasl"ga transfer qilingan Tonalining o‘rnini egallashi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalro 25 yoshli futbolchiga PSJ ham qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingan edi. Biroq Parij klubi boshqaruviga Luis Enrike kelgach, bu boradagi vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Milanliklar Sangareni qo‘lga kirita olmagan taqdirda, zaxira nomzod sifatida “Benfika” yarim himoyachisi Florentino Luisni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Fikrlar