"Milan" tez orada yangi darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 8 yanvar, 2023, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" darvozaboni Marko Sportello jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berishicha, “Milan” 30 yoshli futbolchining yangi ish joyiga aylanadi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” italiyalik posbon bilan muzokara olib borgan va u bilan 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan. Kelishuvga ko‘ra, uning “Milan”dagi maoshi yiliga bir million evroni tashkil qiladi. Ayni damda milanliklar “Atalanta” bilan Sportelloning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Ushbu transfer narxi 1,5 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Marko joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 7 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!