
“Milan” futbolchidan qutilish uchun narxini uch barobar arzonlatdi
“Milan” rahbariyati ivuarlik yarim himoyachisi Frank Kessiening transfer narxini uch barobar arzonlatib, 13 million evro qilib belgiladi. Dastlab, futbolchiga 30 million evro narx qo‘ygan milanliklar unga xaridor topa olmadi.
23 yoshli Frank transferining yangi summasi darrov grand klublar e’tiborini tortdi. Yanvar oyida bu futbolchiga qiziqish bildirib, narxini qimmatligini ro‘kach qilgan PSJ va “Arsenal” yana muzokaralarga qaytdi.
Shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadigan futbolchi A Seriyada 23 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Fikrlar