
"Milan" safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi
Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Milan" bahsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda "rossonerilar" raqibdan 3:2 hisobida ustun keldi.
O‘yinning ilk daqiqasidayoq, Kalabriya gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Sandro Tonali oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ygan bo‘lsa, 78-daqiqada Leao hisobni yirik ko‘rinishga kelishini ta’minlab berdi. 86-daqiqada Sapata penaltidan gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Pashalich jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng, milanliklar o‘z ochkolari sonini 19 taga etkazib qo‘ydi va ular A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Bu mavsumni biroz omadsiz o‘tkazayotgan Bergamo klubi ayni damda 11 ochko bilan 8-pog‘onaga joylashgan.
Fikrlar