"Milan" Rabo transferini e’lon qildi!
"Milan" yarim himoyachi Adrien Rabo transferi haqida rasman e’lon qildi. A Seriya klubi futbolchi bilan 2028 yilgacha shartnoma tuzdi.
Ommaviy Axborot Vositalarining xabar berishicha, kelishuv qiymati 10 million evroni tashkil etgan.
"Marsel" frantsiyalik xavbekni Jonatan Rou bilan sodir bo‘lgan janjaldan so‘ng transfer ro‘yxatiga qo‘ygan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Rabo o‘tgan mavsum Liga 1 doirasida 29 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.



Fikrlar