"Milan" Rabo transferi bo‘yicha harakatga tushdi

  • 26 avgust, 23:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, "Milan" yarim himoyachi Adrien Raboni qo‘lga kiritish uchun oxirgi soatlarda aniq qadamlar tashladi va futbolchining o‘zi bilan aloqaga chiqdi.

Tecno

30 yoshli frantsiyalik futbolchini olib kelish g‘oyasi bosh murabbiy Massimiliano Allegri tashabbusi bilan paydo bo‘ldi. U Rabo bilan "Yuventus"da birga ishlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Marsel" yarim himoyachini Jonatan Rou bilan bo‘lgan kelishmovchilikdan keyin transferga qo‘ygan. Klub uni 15 million evro evaziga sotishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda Rabo Liga 1 doirasida 29 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!