
"Milan" o‘ziga zo‘r hujumchi topdi
"Milan" klubi "Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardiga ko‘z tikmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishicha, “Sassuolo” o‘z etakchisini yozda 30 million evroga sotishga tayyor. 27 yoshli italiyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar imzolangan.
Berardi joriy mavsumda “Sassuolo” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar