
"Milan" "Monako" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi
“Monako” klubining chap qanot himoyachisi Fode Ballo-Ture “Milan”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 24 yoshli Senegal terma jamoasi a’zosi kecha kunning ikkinchi yarmida “rossonerilar” safidan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Endi u “Milan” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Bundan avvalroq Ballo-Turening transferi “Milan”ga 4 mln evroga tushishi mumkinligi aytilayotgan edi.
Fode Ballo-Ture o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 3 ta goliga assistentlik qildi. Bundan tashqari hakamlar tomonidan 2 ta sariq kartochka bilan ham ogohlantirilgan.
Fikrlar