"Milan" Ibragimovichga yangi shartnoma taklif qildi. Bu Zlatanni qoniqtirishi mumkin

  • 5 avgust, 2020, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati jamoaning tajribali hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan xayrlashmoqchi emas.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "rossonerilar" 38 yoshli shvetsiyalik to‘purarga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Agar Zlatan ushbu kelishuvga imzo cheksa, u holda yiliga 7 million evro maosh olishi mumkin.

Bundan avvalroq esa, “Milan” Ibragimovichga “1+1” ko‘rinishidagi shartnoma va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich “Milan” safiga joriy yilning yanvarida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!