"Milan" futbolchisi uchun Ispaniyaning ikki klubi da’vogarlik qilmoqda

  • 16 avgust, 2020, 20:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Sevilya" va "Betis"dan qiziqishlar bor. Ispan klublari uni qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. “Rossonerilar” esa uni 15 mln evroga baholamoqda.

Ta’kidlash lozimki, Kalabriya “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!