"Milan" futbolchisi g‘alati harakati sabab EChL tarixidan joy oldi

  • 12 oktabr, 2022, 08:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvida “Milan” o‘z maydonida “Chelsi”ni qabul qildi. London klubi birinchi taymda penalti sabab hisobni ochdi.

Tecno

Milanliklar futbolchisi Fikayo Tomori o‘z jarima maydonchasi ichida Kay Xavertsga nisbatan qoida buzdi va hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rilldi. Belgilangan 11-metrlik jarimani Jorjino muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Shu tariqa, Tomori Chempionlar ligasi doirasidagi ingliz jamoalariga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgan birinchi angliyalik futbolchisi bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, avval musobaqa doirasida bunaqa natija umuman kuzatilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!