"Milan" EChLga chiqqan "Nyukasl"ning taklifini rad etdi
"Nyukasl" birinchi urinishidayoq “Milan” yarim himoyachisi Sandro Tonalini qo‘lga kirita olmadi.
Calciomercato xabariga ko‘ra, "rossonerilar" “qarg‘alar”ning 23 yoshli italiyalik futbolchi masalasida yuborgan 55-60 million evrolik boshlang‘ich taklifni rad etgan (ilgari 50 million deb xabar qilingan edi). “Milan” rahbariyatining fikricha, APL klubi ushbu taklifni 80 millionga ko‘tarishi yoki hech bo‘lmaganda bu miqdorga yaqinlashishlari kerak.
Futbolchining o‘ziga esa 6,5 million evro va bonuslar taklif qilinmoqda, bu orqali Tonali yiliga jami hisobda 7,5 million ishlab olishi mumkin. Ammo Sandro hozircha ushbu transferga qiziqmayapti.
Ma’lumot uchun, Tonali o‘tgan 2022/23 yilgi mavsumda A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar