
"Milan" bosh murabbiyi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
Serjiu Konseysau atigi bir oy oldin "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, portugaliyalik mutaxassis "rossoneri" bilan Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Biroq "Tuttosport" nashrining xabariga ko‘ra, Konseysau bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Odatda murabbiylar yomon natijalar tufayli iste’foga chiqariladi, ammo bu holatda sabab boshqa. "Milan"da Konseysauning qat’iy fe’l-atvori tufayli jiddiy taranglik yuzaga kelgan. Yaqinda u David Kalabriya bilan maydonda bahslashib qoldi. Keyin esa Alvaro Morata klubdan ketish istagini bildirdi, chunki ispaniyalik futbolchi portugaliyalik murabbiy bilan ishlashni istamaydi.
Manbaga ko‘ra, futbolchilarning bunday noroziligi Konseysauning iste’fosiga olib kelishi mumkin. Uning kelajagi 2-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan "Inter"ga qarshi derbi natijasiga bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar