"Milan" "Barselona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 15 dekabr, 2019, 22:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Barselona"ning himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda  El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Nashrda yozilishicha, 19 yoshli futbolchi ko‘proq maydonga tushib harakat qilishni maqsad qilib qo‘ygani tufayli jamoani tark etmoqchi.

"Barsa"ning sport direktori Erik Abidal hamda texnik kotibi Ramon Planes Todiboning Italiyaga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

"Kataloniyaliklar" Jan-Klerning transferini 10 million evroga baholashmoqda. Shu qatori, "Barselona" futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!