
"Milan" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi
Huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli bo‘lgan "Betis" o‘ng qanot himoyachisi Emerson yozda "Milan"ga o‘tishi mumkin.
21 yoshli braziliyalik futbolchining "rossonerilar" tarkibiga o‘tish ishlari muvaffaqiyatli davom etmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Emersonning "Betis" bilan ijara shartnomasi 2021 yil iyunigacha amal qiladi, ammo "Barsa" futbolchini 6 million evroga qaytarib olib, uni "Milan"ga sotib yubormoqchi. Shuningdek, Andalusiya klubi futbolchining transferidan 50 foiz ulush olishi kutilmoqda.
Fikrlar