"Milan" "Arsenal" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida

  • 28 avgust, 09:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" himoyachisi Yakub Kivyor "Milan"ning transfer qiziqishlari doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, polshalik futbolchi "Porto"ga o‘tishga yaqin. Shunday bo‘lsa-da, "rossonerilar" "to‘pchilar" tarkibidagi 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechmagan.

Yakub Kivyor hozircha Premer-liganing joriy mavsumida maydonga tushgani yo‘q. Transfermarkt o‘yinchining narxini 28 million evroga baholamoqda, uning "Arsenal" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!