
Meyvezer klubidagi Sanjar Rahmonov tongda ringga ko‘tariladi
Raxmonovga bu safar amerikalik engilmas - Keyt Xanter (9-0-7KO) raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, 26 yoshli Xanter profi boksdagi debyut jangini 2015 yilning 14 mart sanasida o‘tkazgan va shundan so‘ng yana 8 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.
Sanjar esa 13 bor jang o‘tkazib, 11 tasida zafar quchgan, bir bor durang natija qayd etgan va yana bir bor ochkolar hisobi bo‘yicha raqib oldida ojiz qolgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang AQShning Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar