
Meyson Grinvud endi "Manchester Yunayted"ga qaytmaydi!
"Xetafe" klubida to‘p tepayotgan Meyson Grinvudning transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli ekanidan xabaringiz bor. U yozda klubga qaytish huquqiga ega.
Biroq mankunianliklar uni ortga qaytarish niyatida emas. Futbolchining o‘zi ham La Ligada qolishni maqsad qilgan. Hozirda unga "Atletiko" va "Barselona" kabi grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Grinvud "Xetafe" tarkibida umumiy 24 bahsda 7 gol va 5 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar