"Metallurg"ni safarda murakkab o‘yin kutmoqda. Ammo yutishga majbur

  • 10 avgust, 2024, 17:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

11 avgust kuni Superliganing 15-turida "So‘g‘diyona" "Metallurg"ni qabul qiladi.

Tecno

Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 45 ta o‘yin o‘tkazgan: 17 tasida bekobodliklar, 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar zafar quchgan. 10 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi – 61:58, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Ushbu jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4. 

Yon qo‘shnilarning Jizzaxda keygan 22 ta uchrashuvidan 13 tasida mezbonlar, 3 tasida mehmonlarning qo‘l baland kelgan. 6 ta uchrashuvda esa tomonlar durangga rozi bo‘lishgan. To‘plar nisbati - 37:22. 

Jizzaxda o‘tgan oxirgi beshta uchrashuv natijalari:

08.04.2023 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:2
01.05.2022 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:0
26.09.2021 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:0
03.11.2020 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 0:0
21.04.2019 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» 2:1

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!