"Metallurg" ustozi: "Raqib ham, biz ham ochko yo‘qotdik"

  • 12 avgust, 2024, 03:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. "So‘g‘diyona" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Mettalurg"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Jizzax klubida ustunlik ko‘zga tashlandi, ammo ikkinchi taymda vaziyatni o‘zgartira oldik. Bugun raqibni 3 kun avval og‘ir o‘yin o‘tkazgani sezildi. O‘yin ikki jamoa uchun ham og‘ir bo‘ldi. Yakun haqqoniy bo‘ldi. Ular ham, biz ham ochko yo‘qotdik. 

- Jamoa duranglar seriyasinini davom ettirmoqda. Natijadan qoniqdingizmi?

- Hisobdan rozi bo‘lsam-da, bu ochko bizni omon qolish zonasiga qadar olib chiqmaydi. Jizzax klubida bo‘lgani kabi, bizda ham oldimizga qo‘ygan rejalar bor. Afsuski, 3 ochko olib "Lokomotiv"ga yaqinlashib olishni uddalay olganimiz yo‘q. "So‘g‘diyona"ga ham yo‘qotilgan ochko pand berishi mumkin. Bugun xatolarimiz sababli gollar o‘tkazib yubordik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!