
"Metallurg" Tojikiston klubiga qarshi maydonga tushdi
Superligamizning deyarli barcha jamoalari chempionatimizdagi kichik tanaffusdan foydalanib o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqdalar.
Bekobodning “Metallurg” klubi bugun o‘z maydonida Tojikistonning “Esxata” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu bellashuvda darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.
"Metallurg" tarkibi: Rahimjon Davronov, Abbos Otaxonov, Rizo Yazdando‘st, Xudoyshukur Sattorov, Ergash Ismoilov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Kerim Palich, Hazrat Tursunqulov, Marko Milichkovich, Behruz Abdullaev, Shahzod Ubaydullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Ivan Yosovich, Davron Ergashev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Abror Toshqo‘ziev, Sardor Abduraimov, Iskandar Shoyqulov, Shahzod Ne’matjonov.
Fikrlar