
"Metallurg" Superligamiz grandlaridan va Bosniya chempionatidan olingan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Bekobodning "Metallurg" jamoasi tarkibini bir qator tajribali futbolchilar bilan boyitib oldi.
Jumladan, Superligamizning boshqa klublarida harakat qilib kelgan Anvarjon G‘ofurov, Bektemir Abdumannopov, Behruz Shodmonov, Boburbek Farhodov va Mirkomil Abdurazzoqov faoliyatini bekobodliklar safida davom ettiradi.
Shuningdek, Bosniya va Gertsegovinaning "Saraevo" jamoasi sharafini himoya qilgan Kerim Palichni "Metallurg" O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Fikrlar