"Metallurg" shu haftada yig‘inga kirishadi. Jamoani tark etganlar bor

  • 20 dekabr, 2022, 11:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dekabr oyining so‘nggi haftasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi keyingi mavsum uchun ilk tayyorgarlik yig‘inini boshlaydi. O‘tgan yilgi tarkib o‘zagini saqlab qolgan jamoamiz mashg‘ulotlarini mahalliy murabbiylarimiz olib borishadi. Jamoa bosh murabbiyi ispaniyalik Luisma Ernandes esa Yangi yil bayramidan so‘ng Bekobodga etib kelishi va yig‘inga boshchilik qilishi kutilmoqda.

Tecno

Ayni paytga kelib klubimizni tark etgan futbolchilar ham bor. Jumladan, “Metallurg” himoyachi Abbos Otaxonov, hujumchilar - Jasur Xolto‘raev hamda Boburbek Farhodovlar bilan xayrlashdi. 

Yangi mavsum arafasida jamoamiz tarkibida bir qator yangi futbolchilar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha muzokaralar davom etmoqda. “Metallurg” safiga kelib qo‘shiladigan o‘yinchilar haqida yig‘in boshlangandan keyin qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Yana bir ma’lumot, jamoamizning iqtidorli yoshlaridan Humoyunshoh Sayyotov hamda Shahzodjon Ne’matjonovlar shu kunlarda poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” sport majmuasida O‘zbekiston U-20 terma jamoasining yig‘inida qatnashishyapti, - deya xabar bermoqda, "Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!