"Metallurg" nazorat o‘yinida chempionga yutqazdi

  • 15 oktabr, 2023, 10:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida “Metallurg” jamoasi chempionat peshqadami “Paxtakor” maydonida mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Bekobodliklar bosh murabbiyi Vesko Steshevich birinchi taymda chempionat davomida o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘layotgan futbolchilarni maydonga tushirdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar ikkita vaziyatdan unumli foydalanib, gol kiritishdi. Dastavval burchakdan uzatib berilgan to‘pni Metyu Stinvorden boshi bilan urib, darvoza to‘riga tushirgan bo‘lsa, ikkinchi gol polshalik hujumchi Pshemislav Banashakning mahorati mahsuli bo‘ldi.

Ikkinchi taymda “Metallurg” tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushgach, bekobodliklar o‘yinida keskin o‘zgarish sezildi. Maydon egalari darvozasi yonida ketma-ket golli vaziyatlar yaratildi. Shunday hujumlardan birini Abror Toshqo‘ziev golga aylantirdi va hisobni qisqartirdi.

Uchrashuv oxirida Shahzod Ubaydullaev hamda Sardor Abduraimovlarda ham gol urish uchun yaqqol vaziyatlar bo‘ldi. Ammo birinchi holatda maydon egalari posboni ishonchli o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda “Metallurg” yarim himoyachisining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Ushbu nazorat uchrashuvidan keyin futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Dushanbadan yig‘in Bekoboddagi qarorgohda davom ettiriladi.

Nazorat uchrashuvi
“Paxtakor” – “Metallurg” – 2:1 (2:0). Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni.
Hakamlar: R.Lutfullin, S.Shoyusupov, A.Usmonov.
Gollar: M.Stinvorden, P.Banashak, A.Toshqo‘ziev.
«Paxtakor»: P.Pavlyuchenko, Sh.A’zamov, D.Tursunov, D.Saitov, M.Stinvorden, Sh.Azmiddinov, S.Poyonov, M.Usmonov, D.Hamdamov, S.Sobirxo‘jaev, P.Banashak.

«Metallurg»: A.Lobanov (A.Ortiqov, 46), E.Ismoilov, D.Maxini (R.Yazdando‘st, 46), X.Sattorov, M.Aliqulov (Sh.G‘ofurbekov, 46), B.Shodmonov, A.Xayrullaev (K.Palich, 46), H.G‘ofurov (S.Abduraimov, 46), M.Ibrohimov (A.Toshqo‘ziev, 46), D.Temirov (I.Shayqulov, 46), D.Sharipov (Sh.Ubaydullaev, 46).

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!