
"Metallurg" Namanganda "Navbahor" uchun noqulay raqib...mi?
Coca Cola Superliganing 2-turida “Metallurg” safarda Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur jamoalar o‘zaro 52 marta kuch sinashgan: 23 ta o‘yinda “Navbahor”, 13 ta uchrashuvda “Metallurg” g‘alaba qozongan, 16 ta bahs durang natija bilan intiho topgan.. To‘plar farqi – 73:51, vodiy jamoasi foydasiga.
Namanganda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘liq ustunlik mezbonlar tomonida: 19 ta g‘alaba, 6 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat.
Jamoalarning Namanganda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi:
21.06.2022 «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0
05.11.2021 «Navbahor» – «Metallurg» – 1:0
19.10.2020 «Navbahor» – «Metallurg» – 1:1
19.05.2019 «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0
23.09.2018 «Navbahor» – «Metallurg» – 0:0
“Metallurg” matbuot xizmati.
Fikrlar