"Metallurg" legioneri jamoasining yubiley goliga mualliflik qildi

  • 8 may, 2024, 13:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" - "Metallurg" o‘rtasidagi o‘yinda gollar shousini ko‘rdik. Darvozalarga jami 7 ta gol urildi va unda "Paxtakor" 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, mazkur bahsda bekobodliklarning legioner o‘yinchisi "Metallurg"ning yubiley goliga mualliflik qilgan. Bu haqida klub matbuot xizmati quyidagicha xabar qiladi:

Tecno

"Mamlakat milliy chempionati – Superliganing 6-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘zining kuchlilar ligasidagi 900-golini kiritdi. Bu yubiley gol jamoaning chernogoriyalik legioneri Marko Milichkovich hisobiga yozildi.

“Paxtakor”ga qarshi uchrashuvning 58-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Abdumajidov o‘z jarima maydonchasi ichida Abrorbek Toshqo‘zievga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Vaziyat VAR tomonidan ko‘rib chiqilgach, hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. 11 metrlik jarima zarbasini esa Milichkovich aniq bajardi", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!