"Metallurg" Antaliyada Rossiya klubiga yirik hisobda yutqazdi

  • 17 fevral, 2024, 21:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiya safaridagi navbatdagi nazorat uchrashuvini Rossiya Premer-ligasi vakili “Orenburg” jamoasiga qarshi o‘tkazgan “Metallurg” jamoasi raqibiga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvni boshqarib borgan qozog‘istonlik hakam rossiyaliklarning birinchi hujumidayoq “Metallurg” darvozasiga penalti belgiladi. Bahsli vaziyatda belgilangan penaltidan kiritilgan gol esa bekobodliklarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng maydondagi har bir to‘qnashuvda jamoalar o‘rtasidagi norozilik, kelishmovchilik avj oldi. Bu esa taym o‘rtalariga kelganda argentinalik hujumchining dublni rasmiylashtirishiga olib keldi. Ikkinchi gol ham standart vaziyat mahsuli bo‘ldi. Bu safar “Metallurg” burchakdan uzatib berilgan to‘pni o‘tkazib yubordi – 2:0.

Tanaffusdan keyin bekobodliklar o‘yini jonlangandek bo‘ldi. Afsuski, ko‘plab yaratilgan vaziyatlarni yakunlashdi jamoamiz “oqsadi”. “Orenburg” esa qanotdan uzatilgan yana bir hujumni golga aylantirib, uchrashuvga mantiqiy nuqtani qo‘ydi – 3:0.

Nazorat uchrashuvi
17 fevral, Belek
“Orenburg” (Rossiya) – "Metallurg" (O‘zbekiston) – 3:0
Gollar: Mansilya (1-p, 32), Vorobev (58)
“Orenburg”: Kenyaykin, Adamov, Peres, Xotulev, Sidorov, Mixaylov, Bashich, Tompson, Vorobev, Gyurlyuk, Mansilya.
Zaxira: Sisuev, Poluyaxtov, Sivakov, Goglichidze, Malix, Obuxov, Goykovich, Kuero, Gabi, Vera, Titkov, Martinov, Marin, Prooxin.

“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Abror Toshqo‘ziev, Rizo Yazdando‘st, Davron Ergashev, Abbos Otaxonov, Ivan Yosovich, Shahzodbek G‘ofurbekov, Hazrat Tursunqulov, Mirko Milichkovich, Boban Jorjevich, Daler Sharipov.
Zaxira: Rahimjon Davronov, Ergash Ismoilov, Xudoyshukur Sattorov, Zafar Rahimjonov, Alisher Xayrullaev, Sirojiddin Qo‘ziev, Sardor Abduraimov, Iskandar Shayqulov, Ravshan Abdumannonov, Behruz Abdullaev.

"Metallurg" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!