Messining yangi jamoada debyut sanasi aniq bo‘ldi

  • 22 iyun, 2023, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq muddat davomida Evropa futbolida porlagan Lionel Messining faoliyatida yangi sahifa ochilmoqda.

Tecno

Argentinalik yulduz navbatdagi mavsumni AQShda o‘tkazadi. Ko‘pchilik muxlislarni Messi yangi jamoasi – “Inter Mayami” safida qachon debyut qilishi qiziqtirmoqda.

Klub prezidenti Xorxe Mas rahbariyat Messining debyutiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

- Biz stadionda tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan joylarni ko‘paytirish bo‘yicha shartnoma tuzdik. Tomoshabinlar uchun jonlar soni 3000 yoki 3200 tagacha ko‘payadi. O‘yin uchun chiptalar oldindan sotib bo‘linadi. Chiptalarni so‘rayotganlar soni yillik abonementlar bilan ta’minlay olish imkoniyatimizdan o‘n baravar oshib ketdi.

Argentina terma jamoasi Doxadagi jahon chempionatiga uchib ketishdan oldin Mayamida shug‘ullangan jarayonni eslang. Bu bizga muxlislar mashg‘ulot jarayonlarini Messini harakatlaridan qanday bahra olganini kuzatish imkonini berdi. Biz bu transferga tayyorgarlik ko‘rdik, - dedi Xorxe Mas.

Klub rahbarining aytishicha, Messi “Inter Mayami”dagi debyutini 21 iyul kuni Liga kubogi musobaqasi doirasida Meksikaning “Krus Asul” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!