Messining yana bir juft goli tarixni o‘zgartirib yuboradi

  • 4 iyul, 2021, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerika kubogida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi gollari sonini 76 taga etkazib oldi. Agar argentinalik hujumchi bitta gol ursa, futbol qiroli Pelening rekordini takrorlaydi va yana bitta aniq zarba bilan mutlaq rekordchiga aylanadi.

Tecno

Pele ayni paytda Janubiy Amerika futbolchilari orasida o‘z terma jamoasi uchun eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi. Uning hisobida 91 ta uchrashuvda urilgan 77 ta gol bor.

Lionel Messi esa Argentina uchun 149 marotaba maydonga tushib, jami 76 ta to‘p kiritgan. Ko‘rinib turibdiki, Messini tarixiy rekorddan atigi bir juft gol ajratib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!