
Messining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, "Barselona" klubi forvardi Lionel Messi "Vilyarreal"ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘sha uchrashuvda argentinalik futbolchining jarohati qaytalngan va shifokorlar uning taxminan 1 oy maydonga tusholmasligini aytishmoqda.
Shu tariqa Messi La Liga doirasida "Xetafe", "Sevilya" va "Eybar", Chempionlar ligasida esa "Inter" va "Slaviya"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar
Болди энди уни пенсияга чикариш кере