
Messining muxlislari xursand bo‘ldi!
“Barselona” sardori Lionel Messi La Liganing 31-turida “Xetafe” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, jamasining 5:2 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.Messi
Ushbu uchrashuvdagi dubl evaziga joriy mavsumdagi gollari sonini 25 taga etkazib olgan argentinalik hujumchi tarixiy natija qayd etdi.
Endi Messi Ispaniya chempionatida ketma-ket 12 mavsumdan beri kamida 25 ta gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
Joriy yilning mart oyida Messi bir chempionatda ko‘p gol urish bo‘yicha futbol qiroli Pelening rekordini yangilagan edi.
Lionel Messi Kataloniya klubi tarkibida qator rekordlar sohibi hamdir. Bundan tashqari, u “Barsa” tarkibida jami 35 ta sovringa ega chiqqan.
Fikrlar