
Messining ketishi aniq bo‘lgach, PSJ "Real"dan hujumchi olib kelmoqchi
PSJ "Real" yarim himoyachisi Marko Asensio bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. "AS" nashri jurnalistlarining xabar berishicha, yaqin kunlarda 27 yoshli yarim himoyachi parijliklar bilan mehnat shartnomasi tuzadi. Shartnoma to‘rt yoki besh yilga mo‘ljallangan.
Asensio uchun kurashda frantsuz giganti yaqin-yaqingacha ispaniyalikni transfer qilish uchun favorit hisoblangan Birmingemning “Aston Villa" klubini ortda qoldirdi. Parijliklarning taklifi Markoga premer-liga o‘tish variantdan ko‘ra ko‘proq yoqdi.
Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va to‘qqizta gol hamda oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar