Messining jazosi engillashishi mumkin

  • 18 yanvar, 2021, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya Superkubogida “Atletik” futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun bir nechta o‘yinga chetlatilishi mumkin.

Tecno

Uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansano 120-daqiqada Aser Vilyalibreganing yoziga zarba berib yuborgan 33 yoshli argentinalik futbolchini maydondan chetlatgan edi. Aytish lozimki, bu Messining “Barselona”dagi birinchi qizil kartochkasi bo‘ldi.

Agar musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi Messining ushbu harakatlarini tajovuzjor deb topsa, u 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Tashkilot uning harakatlarini tajovuzkor deb topmasa, Messi 2 ta o‘yinga chetlatiladi.

Ta’kidlash kerakki, uchrashuv hakami protokolda Messini tajovuzkor harakat qildi, deb yozmagan va aynan shu uning diskvalifikatsiya muddatini kamaytirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!