
Messining chiroyli goli Argentinaga 1 ochko olib berdi (video)
Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan Amerika kubogi musobaqasining guruh bosqich 1-turida Argentina terma jamoasi Chiliga qarshi maydonga tushdi.
Dastlab, 33-daqiqada Lionel Messi jarima zarbasidan unumli foydalangan holda hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqaga kelib chililik Eduardo Vargas o‘z terma jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi. Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar