
Messining "Barselona"ga qaytishi imkonsiz
"Barselona" rahbariyati Messini ortga qaytishini ilojsiz, deb hisoblamoqda. Bu haqda jamoa prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masip o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hamma narsaning iloji bor. Ammo bunday vaziyatda men bu gaplarga ishonmagan bo‘lardim.
Xavining so‘zlari tushunarsiz. Bu ishlar u o‘ylagandek oson emas.
Messi borligida klub o‘zining eng zo‘r va chiroyli davrlarini o‘tkazdi. Biroq keyin ikki tomon ham o‘z yo‘lini tanladi.
Shunga qaramay, klub Leosiz ham chempionlik uchun kurashyapti. Bizda natijalar tobora yaxshilanib bormoqda", - dedi Masip "Cadena SER" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar