Messining “Barsa” bosh murabbiy bilan mojarosi qanday bo‘lganini aytib berishdi

  • 12 aprel, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona”ning sobiq darvozaboni Xordi Masip 2015 yilda Lionel Messi va o‘sha paytdagi bosh murabbiy Luis Enrike o‘rtasida mojaro bo‘lib o‘tganini aytdi.

Ma’lumki, ayni paytda PSJ bilan Franiya chempionligini qo‘lga kiritgan Luis Enrike murabbiylik faoliyati davomida 2014-2017 yillarda “Barselona”ni ham boshqargan.

- Haqiqatan Lionel Messi va Luis Enrike o‘rtasida kuchli ziddiyat bo‘lgan. Lekin ish urush-janjalgacha etib bormagan. O‘sha davrda jamoadagi vaziyatni inobatga olsak, bu normal holat edi.

Oxir-oqibat “Barselona” trebl qayd etganidan keyin, bu ko‘ngilsizlarning bari unutilib ketdi, - dedi Xordi Masip.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2002 yili “Barselona” tizimiga kelgan va 2021 yilning yozigacha ushbu klub a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Kataloniyani tark etishga majbur bo‘lgan argentinalik yulduz keyinchalik ikki mavsum PSJda to‘p tepdi. Leo 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami” o‘yinchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!