
Messini "Inter"ga o‘tishga faqat bir inson ko‘ndira oladi. U kim?
“Inter”da Joze Mourino bilan birga ishlagan murabbiy Joze Moraish “Barselona” forvardi Lionel Messi “neradzurrilar” safiga o‘tishi mumkinligini aytdi.
“Ushbu transfer amalga oshishi mumkin, chunki “Inter”da Xaver Zanetti bor. Aynan u klubga argentinalik futbolchilarning jalb etilishida asosiy omil hisoblanadi. Menimcha u Messidek futbolchilarni ham “Inter”ga o‘tishga ko‘ndira oladi. Biroq, bu faqatgina Lionelning o‘zi yangi chaqiruvga xohish bildirgan taqdirdagina sodir bo‘lishi mumkin”, - deydi Moraish.
Aytish kerakki, 32 yoshli Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u 2003 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar