Messini “Barsa”ga qaytarish bo‘yicha ish boshlandi

  • 18 mart, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messida hamon “Barselona”ga qaytish umidi bor.

Tecno

Taniqlik jurnalist Xerard Romeroning yozishicha, Messining yuristlari uni Kataloniya klubiga qaytarish bo‘yicha ish boshladi.

Bu masala hal bo‘lishi uchun yuristlar Messi va “Barselona”ga feyr-pley qoidalarini buzmaydigan usulni topib berishi kerak. 2021 yilda ham aynan mana shu qoidalar argentinalik yulduzga klub bilan yangi shartnoma imzolash imkonini bermagan edi.

“Barselona” hali moliyaviy inqirozdan to‘liq chiqqani yo‘q. Messini yozda erkin agent sifatida o‘z safiga bepul qo‘shib olgan taqdirda ham jahon chempionining maoshi kataloniyaliklarga qattiq zarba bo‘ladi.

Lionel Messi faoliyatini Evropada davom ettirish, Chempionlar ligasida g‘olib chiqish va 2024 yilgi Amerika kubogiga yuqori sport formasida etib borishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!