Messiga Ronaldudan ko‘p maosh taklif qilishdi

  • 1 aprel, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Uch oydan keyin jahon chempioni erkin agentga aylanadi.

Tecno

PSJ rahbariyati o‘z hujumchisi bilan yangi bitim borasida kelisha olgani yo‘q. “Barselona” Leoni qaytarish uchun moliyaviy masalalarni hal qilib ulgurishi kerak. Garchi Messining o‘zi Evropada qolib, Chempionlar ligasi g‘olibligi va “Oltin to‘p” uchun kurashini istayotgan bo‘lsa-da, maoshining kattaligi klublarga etarlicha muammo bo‘lishi aniq.  

Shunga qaramay, Messi uchun pulini ayamaydigan jamoalar chiqmoqda. Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi amaldagi jahon chempionini olish fikridan qaytgani yo‘q.

“Al-Hilol” xo‘jayinlari argentinalik yulduzga uning doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”da olayotgan maoshdan kattaroq mablag‘ berishga tayyor. Ma’lumki, portugaliyalik to‘purar riyodliklar bilan 2,5 yillik shartnoma tuzib, har mavsum uchun 200 million evro maosh olishga kelishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!